
Ozbek taomi
Moshxo'rda
Aniq o‘lchamlar tekshirilgan bazadan. SIIS ilovasi bu taomni oilangiz didiga qarab tanlab beradi.
Masalliqlar
- Mosh200 g
- Guruch150 g
- Mol go'shti (yoki qiyma)400 g
- Piyoz2 dona (~250 g)
- Sabzi1 dona (~120 g)
- Pomidor (yoki tomat pyure)2 dona / 1 osh qoshiq
- O'simlik yog'i3 osh qoshiq
- Tuz1.5 choy qoshiq
- Zira va qora murch0.5 choy qoshiqdan
- Suv2.5 litr
- Ko'katbir bog'lam
Tayyorlash
- 1
Moshni yuvib, iliq suvda 1-2 soat (yoki imkon bo'lsa kechasi) ivitib qo'ying — tezroq pishadi. Guruchni alohida yuving.
- 2
Go'shtni mayda bo'laklarga to'g'rang. Piyozni mayda, sabzini dumaloq, pomidorni mayda to'g'rang.
- 3
Qozonni qizdirib yog' soling, piyozni tilla rang olguncha qovuring, so'ng go'shtni qo'shib 5 daqiqa qovuring.
- 4
Sabzi va pomidorni (yoki tomat) qo'shib, tuz va murch sepib, 3-4 daqiqa qovuring.
- 5
Ivitilgan moshni soling, ustiga 2.5 litr suv quying va qaynay boshlaganda olovni pasaytiring. Mosh donalari yorilib yumshaguncha 30-40 daqiqa qaynating.
- 6
Yuvilgan guruchni soling, aralashtiring va yana 15-20 daqiqa, guruch pishib, taom quyuqlashguncha qaynating. Yopishib qolmasligi uchun ora-orada aralashtiring.
- 7
Zira va tuzni to'g'rilab, olovni o'chiring, ustini yopib 10 daqiqa dimlang.
- 8
Issiq holda kosalarga solib, ustiga maydalangan ko'kat sepib tortib bering.